TIJORAT BANKLARIDA ISLOMIY BANK XIZMATLARINI YO‘LGA QO‘YISH VA RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI: MUSHARAKA SHERIKLIGI MISOLIDA

Authors

  • Xursandbek Yo‘ldoshov Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Xorazm viloyati Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti Author

Keywords:

Islom moliyasi, musharaka, mudaraba, murabaha, ijara, salam, istisna, moliyaviy inklyuzivlik.

Abstract

Islom moliyasi bugungi kunda an’anaviy moliyaga muqobil ravishda dunyo bo‘ylab o‘z o‘rnini mukammal egallab bormoqda. Ushbu tizim e’tiqodga asoslanganligi va o‘zining risklarni baham ko‘rishga asoslanganligi bilan ajralib turadi. Aholisining katta qismi musulmon hisoblangan Arab davlatlari, Malayziya, Indoneziya, Pokiston kabi musulmon mamlakatlardan tashqari tub  aholisi  musulmon bo‘lmagan AQSh, Kanada, Angliya kabi yirik mamlakatlarda ham islom moliyasi xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan. Ularning tajribasi O‘zbekiston uchun muhim saboqlar beradi. Islom moliyasi xizmatlarini joriy qilish orqali O‘zbekistonda yashovchi diniy e’tiqodi sababli an’anaviy bank xizmatlaridan foydalanmasdan moliyaviy inklyuzivlikdan tashqarida qolib ketayotgan aholini faol moliyaviy jarayonlarga jalb qilish orqali iqtisodiyotda pul aylanmasini yaxshilashga erishilishi mumkin. Bu esa mamlakatning uzoq muddatli rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu maqolada tijorat banklarida islomiy bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish imkoniyatlari, xususan, Musharaka sheriklik modeli misolida tahlil qilingan. Islomiy moliyalashtirishning asosiy tamoyillari va ularning an’anaviy bank tizimidan farqlari yoritilgan.

Downloads

Download data is not yet available.

References

Aqib Ali, M., 2014. Evolution & Development of Islamic Banking – The Case of Pakistan.

Arshad, N.C., Ismail, A.G., 2010. Shariah parameters for Musharakah Contract: A comment. 1.

Asadov, A., Muhamad Sori, Z.B., Mohamad Ramadilli, S., Anwer, Z., Shamsudheen, S.V., 2018. Musharakah Mutanaqisah home financing: issues in practice. JIABR 9, 91–103. https://doi.org/10.1108/JIABR-08-2015-0036

Fahmida Syeda, 2018. Fundamentals of Islamic finance and banking. Wiley.

Rammal, H.G., 2004. Financing Through Musharaka: Principles and Application.

Saad, N., Razak, D.A., 2013. TOWARDS AN APPLICATION OF MUSHARAKAH MUTANAQISAH PRINCIPLE IN ISLAMIC MICROFINANCE. International Journal of Business and Society.

Saeed, 2001. Muslim Community Cooperative of Australia as an Islamic Financial Service Provider. Sydney.

Usmani, 2008. Musharakah and Mudarabah as Modes of Finance. Accountatncy, online publication.

Usmani, M., 1998. An Introduction of Islamic Finance. Karachi.

Downloads

Published

2025-05-14