BOG‘ QATORLARI ORALARINI EKISHGA TAYYORLASHDA QO‘LLANILADIGAN TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALAR

Authors

  • Xusainov Baxtiyor Saparboyevich; Xusainov Qaxramon Saparboyevich Urganch davlat universiteti "Transport tizimlari " kafedrasi dotsenti; Urganch shahar 2-son texnikumi o‘qituvchisi Author

Keywords:

bog‘ qator oralari, tuproqqa ishlov berish, kombinatsiyalashgan mashina, kultivator, pushtaolgich, zichlagich, agrotexnik talablar, tuproq zichligi, energiyatejamkorlik, texnologik jarayon.

Abstract

Mazkur maqolada bog‘ qatorlari oralarini qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga tayyorlashda qo‘llaniladigan texnologiyalar, tuproqqa ishlov beruvchi mashinalarning konstruktiv xususiyatlari va ularning agrotexnik samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqotda an’anaviy chizellash, boronalash, tekislash, molalash, pushta hosil qilish va zichlash jarayonlarining texnologik xususiyatlari hamda ularni kombinatsiyalashgan mashinalar yordamida bir o‘tishda bajarish imkoniyatlari o‘rganilgan. PRVN-2,5, KVF-3, VARIO AG TL, UNLM-2, GX-4, GH 4, DF 3000, RSF 2000 va boshqa texnik vositalarning ishlash prinsiplari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, pushtaolgich va zichlagich ishchi organlarining konstruktiv parametrlarini asoslash, tuproqning uvalanish darajasi, zichligi va pushta geometrik ko‘rsatkichlarini agrotexnik talablar darajasida ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan. Manbada keltirilgan dala sinovlari natijalariga ko‘ra, kombinatsiyalashgan mashinadan foydalanish ekspluatatsion xarajatlarni 56 foizga kamaytirish imkonini bergan. Olingan natijalar bog‘ qatorlari oralarini ekishga tayyorlashda energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalardan foydalanishning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–

2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. http://www.nrcs.usda.gov

3. Shoumarova M., Abdillayev T. Qishloq xo’jalik mashinalari. – Toshkent: O’qituvchi, 2009. – 504 b.

4. https://traktomix.eu/kultywator-6-lapek-szerokosc-robocza-125cm.html

5. Imomqulov Q.B., Nishanboyev N.N., Xalilov J.M. - Intensiv bog‘ qator oralariga ishlov beradigan ish organining parametrlarini asoslash - “Mexanika va texnologiya” ilmiy jurnali. Namangan-2024. ISSN 2181-158X №2. – B. 77-81.

6. Imomqulov Q.B., Nishanboyev N.N., Xalilov J.M. - Intensiv bog‘lardagi ochilib qolgan daraxt ildizlarini ko‘madigan ish organining parametrlarini asoslash - “Mexanika va texnologiya” ilmiy jurnali. Namangan-2023. ISSN 2181-158X №4. – B. 80-84.

Downloads

Published

2026-11-14