G‘AJIR NAY – NOYOB CHOLG‘U
Keywords:
g‘ajir nay, g‘ajir nay ustasi, g‘ajir qushi, nay, naychi.Abstract
G‘ajir nay noyob cholg‘ulardan biridir. G‘ajir izohli lug‘atlarda “o‘laksaxo‘r qush” deya izohlanadi. Nayning nomi ham aynan o‘sha qush nomi bilan bog‘liq. Mazkur qush ko‘rinishidan tasqara deb ataluvchi yirtqich qushga o‘xshaydi. Biroz qo‘rqinchli va yirik jussali g‘ajir qushi, asosan, O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, xususan, Surxondaryoning yuksak tog‘ tizmalarida uchraydi. Shuning uchun g‘ajir nayning vatani Surxondaryoning tog‘li qishloqlari hisoblanadi. Hozirda bunday nay yo‘qolib borayotgan cholg‘ular sirasiga kiradi. Maqolada g‘ajir nay, g‘ajir nay ustasi va yasalish jarayoni haqida so‘z boradi.
Downloads
References
1. Toshmatov O‘., Turatov S. Ko‘hna cholg‘ular ijrochiligi. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent: Tafakkur, 2016. –B. 62-63.
2. Tursunov S.N., Pardaev T.R., Maxmadiyorova N.S. Surxondaryo – etnografik makon. Termiz-2011. –B. 390.
3. G‘ozi Rahmon. Oshiq dunyo (hikoya)
4. qomus.info. surxondaryo-qashqadaryo-musiqa-uslubi-uz/
5. Yuldashev M., Andaniyazova D. Linguopoetics Of Zoonims in The Literary Text. Journal of Positive School Psychology. Vol. 6 No. 5 (2022) -p.5691–5699.












