HARBIY XIZMATCHILARNING XIZMAT FAOLIYATIDAGI ADAPTATSIYA JARAYONLARINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Published 2026-05-31
Keywords
- harbiy pedagogika, adaptatsiya, harbiy xizmatchi, kasbiy moslashuv, stress bardoshlilik, psixologik tayyorgarlik, harbiy psixologiya, jamoaviy integratsiya, professional kompetensiya, xizmat faoliyati.
Abstract
Maqolada harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatidagi adaptatsiya jarayonining pedagogik, psixologik va ijtimoiy-madaniy asoslari ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Zamonaviy geosiyosiy tahdidlarning murakkablashuvi, harbiy xizmat mazmunining texnologik transformatsiyasi hamda shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligiga qо‘yilayotgan talablarning ortishi harbiy adaptatsiya masalasini strategik ilmiy yо‘nalishga aylantirmoqda. Tadqiqot davomida adaptatsiyaning strukturaviy komponentlari, xizmat faoliyatiga moslashuv bosqichlari, psixologik barqarorlik omillari hamda jamoaviy integratsiya mexanizmlari nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimidagi mavjud pedagogik-amaliy yondashuvlar Germaniya va Turkiya tajribasi bilan qiyosiy о‘rganildi. Harbiy pedagogika va harbiy psixologiya kesishgan nuqtada adaptatsiyaning gibrid modeli zarurligi asoslandi. Tadqiqot natijasida harbiy xizmatchilar xizmat faoliyatidagi adaptatsiyani takomillashtirishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
References
- 1. Bartone P.T. Resilience under Military Operational Stress: Can Leaders Influence Hardiness? Military Psychology. Vol.18. 2006. – pp.131–148.
- 2. Sele H. The Stress of Life. New York: McGraw-Hill, 1976. – 515 p.
- 3. Qurbonov Sh.Q. “Harbiy xizmat faoliyatida psixologik moslashuv muammolari”. Harbiy ta’lim va innovatsiyalar ilmiy jurnali. Toshkent, 2021. – №3. – B. 44–49.
- 4. Raximov A.A. “Harbiy jamoalarda ijtimoiy-psixologik muhit va adaptatsiya masalalari”. Qurolli Kuchlar akademiyasi axborotnomasi. Toshkent, 2020. – №2. – B. 57–63.
- 5. Griffith J. Institutional Motives for Serving in the U.S. Army National Guard. Armed Forces & Society. Vol.34. No.2. 2008. – pp.230–258.
- 6. Yuldashev B.M. “Yosh harbiy xizmatchilarning kasbiy moslashuv jarayonini pedagogik boshqarish”. Harbiy pedagogika muammolari ilmiy to‘plami. Toshkent, 2022. – B. 91–97.
- 7. Tursunov D.X. “Zamonaviy armiyada adaptatsiyaning raqamli va psixologik omillari”. Mudofaa va xavfsizlik jurnali. Toshkent, 2023. – №1. – B. 22–28.
- 8. Maklakov A.G. Voyennaya psixologiY. Sankt-Peterburg: Piter, 2018. – 479 s.
- 9. NATO Science and Technology Organization. Human Factors and Medicine in Military Operations. Brussels, 2021. – 184 p.