Maktab o‘quvchilari jinoyatchiligi: zamonaviy kriminologik tendensiyalar va profilaktika muammolari
Published 2026-05-12
Keywords
- maktab o‘quvchilari jinoyatchiligi; voyaga yetmaganlar; kriminologik tahlil; profilaktika; yoshlar jinoyatchiligi; huquqbuzarliklar.
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy statistik ma’lumotlari asosida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi jinoyatchilikning zamonaviy tendensiyalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida 13–15 hamda 16–17 yoshli shaxslar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarning dinamikasi, hududiy differensiatsiyasi va umumiy jinoyatchilik tarkibidagi ulushi kriminologik nuqtai nazardan baholangan. Tahlil natijalari 16–17 yoshli o‘smirlar jinoyatchiligining keskin o‘sayotganligini hamda uning umumiy jinoyatchilikdagi ulushi yuqori darajaga yetganligini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, 13–15 yoshli guruh ko‘rsatkichlarining kamayishi “yosh siljishi” fenomeni bilan izohlangan. Maqolada COVID-19 pandemiyasining kriminogen ta’siri, hududiy xavf omillari va profilaktika tizimining samaradorligi ham tahlil qilingan. Ilmiy yangilik sifatida maktab o‘quvchilari jinoyatchiligini huquqiy va kriminologik jihatdan integrallashgan holda baholovchi “ikki qavatli definitsion model” statistik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish, hududiy monitoring tizimini kuchaytirish hamda qonunchilikka oid takliflarni ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi.
References
- 1. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi. Jinoyat sodir etganligi aniqlangan 16–17 yoshdagi shaxslar soni. Indikator №2.04.09.0015. So'nggi yangilangan: 2026-yil 22-aprel. URL: https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_3440.pdf
- 2. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi. Jinoyat sodir etganligi aniqlangan 13–15 yoshdagi shaxslar soni. Indikator №2.04.09.0014. So'nggi yangilangan: 2026-yil 22-aprel. URL: https://api.siat.stat.uz/media/uploads/sdmx/sdmx_data_3441.pdf
- 3. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi. 16–17 yoshdagi jinoyatchilarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushi. Indikator №2.04.09.0109. So'nggi yangilangan: 2026-yil 22-aprel.
- 4. O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi. 13–15 yoshdagi jinoyatchilarning umumiy jinoyatchilikdagi ulushi. Indikator №2.04.09.0108. So'nggi yangilangan: 2026-yil 22-aprel.
- 5. O'zbekiston Respublikasi IIV axborot tahliliy ma'lumotlari. Ijtimoiy soha statistikasi boshqarmasi.
- Dissertatsiya matni va ilmiy adabiyotlar
- 6. Ziyadova D.Z. Teoreticheskie i prikladnye problemy prestupnosti sredi uchashchixsya obshcheobrazovatelnyx uchrezhdeniy: regionalnyy aspekt. Dis.dok.yurid.nauk. — Moskva, 2006. — 464 s.
- 7. Prozumentov L.M. O pokazatelyax, xarakterizuyushchix prestupnost nesovershennoletnix v Rossiyskoy Federatsii // Vestnik Tomskogo gosuniversiteta. Pravo. — 2016. — №2(20). — S.48–53.
- 8. Meleshko N.P. Predprestupnoe povedenie nesovershennoletnix kak kriminologicheskaya problema. — Rostov-na-Donu, 1998. — S.15.
- 9. Lelekov V.A. Mexanizm formirovaniya i kriminologicheskie osobennosti lichnosti nesovershennoletnix, sovershivshix prestupleniya korystno-nasilstvennoy napravlennosti. — Cyberleninka.ru.
- 10. Rustambayev M.X., Abdurasulova Q.R., Nurmuhammedova G.B. Kriminologiya: Darslik. — Toshkent: Yuridik adabiyotlar Publish, 2024. — 424 b.
- 11. Усманова Муборак Акмалджановна. (2026). Вояга етмаганлар жиноятчилиги: криминологик таҳлил ва профилактика механизмларини такомиллаштириш. International Multidisciplinary Research in Academic Science (IMRAS). – 2026. – Vol. 9, Issue 02. – Б. 9–14. https://doi.org/10.5281/zenodo.18731925