Vol. 5 No. 3 (2026): EIYB (Educational Yield Insights & Breakthroughs)
Articles

YOD YETISHMOVCHILIGI VA QALQONSIMON BEZ KASALLIKLARI RIVOJLANISHINING EPIDEMIOLOGIK TAHLILI

Hamdamov Asadbek Xolboy o’g’li, Avazbekova Shahinabonu Lazizbek qizi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti, 1-Davolash fakulteti, talaba

Published 2026-05-12

Keywords

  • yod yetishmovchiligi, qalqonsimon bez, epidemiologiya, endemik buqoq, gipotireoz, profilaktika, yodlangan tuz

Abstract

Ushbu maqolada yod yetishmovchiligi va uning qalqonsimon bez kasalliklari rivojlanishidagi epidemiologik ahamiyati tahlil qilinadi. Yod organizm uchun muhim mikroelementlardan biri bo‘lib, qalqonsimon bez gormonlari — tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) sintezi uchun zarur hisoblanadi. Yod yetishmovchiligi natijasida qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi, endemik buqoq, gipotireoz, bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanishning sustlashuvi kabi patologik holatlar yuzaga keladi. Maqolada dunyo va O‘zbekiston miqyosida yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarning tarqalishi, xavf guruhlari hamda epidemiologik ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, yod yetishmovchiligining patogenezi, uning aholining turli yosh guruhlariga ta’siri va profilaktika choralarining samaradorligi yoritilgan. Yodlangan osh tuzidan foydalanish, ratsional ovqatlanish hamda sanitariya-ma’rifiy tadbirlarning ushbu kasalliklarni kamaytirishdagi o‘rni alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalari yod tanqisligi muammosi hali ham dolzarb ekanligini va uni bartaraf etishda epidemiologik monitoring hamda profilaktik dasturlarni kuchaytirish zarurligini ko‘rsatadi.

References

  1. 1. Abdukadirova, L. K., Jalolov, N. N., Nozimjonova, M. N., & Narzullayeva, U. S. (2022). Evaluation of practical nutrition of patients with chronic hepatitis.
  2. 2. Axmadaliyeva, N. O., Bozorova, M. Y., Nigmatullayeva, D. J., & Jalolov, N. N. (2023). GIPERTONIYA KASALLIGI SABABLARI VA DAVOLASH USULLARI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 3(6 Part 2), 130-133.
  3. 3. Axmadaliyeva, N., Imamova, A., Nigmatullayeva, D., Jalolov, N., & Niyazova, O. (2022). Maktabgacha yoshdagi bolalarda sog ‘lom turmush tarzini shakllantirishning dasturiy platformasi.
  4. 4. Ikramova, N. A., Mirsagatova, M. R., Jalolov, N. N., Kasimova, K. T., Sultonov, E. Y., & Sadirova, M. K. (2025, April). THE EFFECT OF THERMAL LOAD ON THE BODY OF OUTDOOR WORKERS: ANALYSIS BASED ON MEDICAL AND HYGIENIC INDICATORS. International Conference on Advance Research in Humanities, Applied Sciences and Education.
  5. 5. Iodine Global Network (IGN). Global Scorecard of Iodine Nutrition in 2023. Ottawa: IGN, 2023.
  6. 6. Jalolov, N. N. (2023). MIOKARD INFARKTI PROFILAKTIKASIDA SOGʻLOM TURMUSH TARZINING O’RNI. In E Conference Zone (pp. 1-5).
  7. 7. Jalolov, N. N., Niyazova, O. A., & Khairullaeva, L. G. (2023). Studying the actual nutrition of students of technical institutions (uzbekistan, germany).
  8. 8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. O‘zbekistonda yod tanqisligi profilaktikasi bo‘yicha statistik ma’lumotlar. Toshkent, 2022.
  9. 9. Pearce E.N., Andersson M., Zimmermann M.B. Global iodine nutrition: where do we stand in 2013? Thyroid. 2013;23(5):523–528.
  10. 10. Rihsitillaevna, M. M., Rustamovna, K. S., & Nodir o'g'li, J. N. (2023). CONSEQUENCES OF HYGIENIC POLLUTION FACTORS. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 14, 38-42.