Vol. 5 No. 3 (2026): EIYB (Educational Yield Insights & Breakthroughs)
Articles

Talabalarning kasbiy tayyorgarligini “Muxandislik kompyuter grafikasi„ fanini o’qitish  yordamida  rivojlantirish

Ikromova Mohinabonu Navro‘zbek qizi
Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligi 1- bosqich magistranti

Published 2026-05-05

Keywords

  • Muhandislik kompyuter grafikasi, kasbiy tayyorgarlik, kompetensiya, CAD texnologiyalari, interfaol ta’lim, fazoviy tasavvur, pedagogik texnologiya, amaliyot, grafik modellashtirish.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish jarayonida “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanining didaktik va metodik imkoniyatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda muhandislik ta’limi tizimida kompyuter grafikasi fanini o‘qitish orqali talabalar kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, ularning fazoviy tasavvurini rivojlantirish hamda amaliy loyihalash ko‘nikmalarini mustahkamlash masalalari yoritilgan. Shuningdek, maqolada ilmiy-amaliy stajirovka jarayonida olib borilgan kuzatishlar, tajriba-sinov ishlari natijalari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda CAD dasturlaridan foydalanishning kasbiy tayyorgarlikka ta’siri empirik ma’lumotlar asosida asoslab berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kompyuter grafikasi fanini innovatsion yondashuv asosida o‘qitish talabalarning mustaqil fikrlashini, texnik ijodkorligini va kasbiy kompetentligini sezilarli darajada oshiradi.