Abdullo Oripov she’riyatida xalq og‘zaki ijodining o‘rni va mumtoz ananalar sintezi
Keywords:
Abdulla Oripov, paremiya, folklorizm, mental portret, lingvokognitiv tahlil, irsoli masal, transformatsiya, milliy kod, dekonstruksiya, badiiy tafakkur.Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov ijodida xalq og‘zaki ijodi an’analari, xususan, maqol va iboralarning badiiy transformatsiyasi lingvopoetik va kognitiv jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi shoirning individual-mental olamida xalq donishmandligining shunchaki iqtibos emas, balki tizimli qayta ishlangan lirik konsept sifatida namoyon bo‘lishi bilan belgilangan. Maqolada shoirning “O‘zbekiston”, “Onajon”, “Hikmat nimaligini tushunmas bola” kabi asarlari misolida paremiologik birliklarning dekonstruksiya, reinterpretatsiya va sintez bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, Abdulla Oripovning “mental portreti” tushunchasiga alohida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib, unda milliy kodlar - andisha, shukronalik, mehr-oqibat kabi tushunchalarning tildagi in’ikosi ochib berilagan. Muallif shoirning irsoli masal san’atiga yangicha yondashuvini, ya’ni xalqona soddalik bilan mumtoz falsafiylikning organik sintezini dalillangan hamda Abdulla Oripov xalq maqollarini intellektualizatsiya qilish orqali o‘zbek she’riyatida milliy tafakkurning yangi badiiy modelini yaratganligi keltirib o‘tilgan.
Downloads
References
. Jabborov N., Zamon, mezon, mahorat. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU, 2015. – 216 b.
2. Jabborov N. Ma’rifat tayanchi – milliy adabiyot. // “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasi. – 2018. – 24-avgust.
3. Solijonov S. Abdulla Oripov uslubi va badiiy mahorati. Monografiya. – Farg‘ona: Klassik, 2020.
4. Jabborov N. Adabiyot va milliy ma’naviyat. – Toshkent: "Ma’naviyat", 2011.
5. Oripov A. Tanlangan asarlar. 1-jild. – Toshkent: Sharq, 2001.












