MATEMATIK FANLAR BO‘YICHA ELEKTRON TA’LIM PLATFORMASINI YARATISH HAQIDA
Keywords:
elektron ta’lim, matematik fanlar, ta’lim platformasi, raqamli texnologiyalar, masofaviy ta’lim, interaktiv o‘qitish, AKT, onlayn ta’limAbstract
Mazkur ishda matematik fanlar bo‘yicha elektron ta’lim platformasini yaratishning nazariy va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida matematik bilimlarni samarali o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi raqamli ta’lim muhitini ishlab chiqishdan iborat. Maqolada elektron ta’limni tashkil etishning mavjud yondashuvlari hamda matematik fanlarni raqamli formatda o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Platformaning tuzilmasi sifatida interaktiv o‘quv materiallari, videodarslar, test topshiriqlari va bilimlarni avtomatik baholash tizimlari alohida yoritilgan. Tadqiqot metodologiyasi tizimli tahlil, modellashtirish va pedagogik loyihalash usullariga asoslanadi. Natijada o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, mantiqiy fikrlashni rivojlantirish va barqaror matematik ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan elektron platformaning konseptual modeli taklif etildi. Olingan natijalar elektron ta’lim platformasini joriy etish o‘quv jarayonini individuallashtirishga, bilim sifatini oshirishga va ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Downloads
References
1. Е.Тихомирова «Живое обучение. Что такое e-learning и как заставить его работать», Алпина, 2016.
2. Bakhtiyar Rakhimov, Ozodov Ravshonbek, Feruza Rakhimova, Atabek Saidov, Zarina Saidova. Metadata of the chapter that will be visualized in SpringerLink. Springer Nature Switzerland AG 2025 P.S.Stanimirovic et al.(Eds.): LNNS 1481, pp.1-10, 2025. https://doi.org/10.1077/978-3-031-9549-2_9.
3. Marat Karimov, Feruza Rakhimova. Modeling of Groundwater Flow in a Multilayer Porous Medium Based on a Nonlinear Mathematical Model. Fourth International Conference on Digital Technologies, Optics, and Materials Science (DTIEE 2025). – SPIE, 2025. – Т. 13662. – С. 136-141.0277-786X, 136620J-1. https://doi.org/10.1117/12.3072569
4. Raximova Feruza Saidovna, Islamova Odila Abduraimovna, Chay Zoya Sergeevna, Fayzullayeva Shahlo Alisherovna, Madatova Zuxra Abdiraximovna. “Talabalarga qutb koordinatalar sistemasida funksiyalar grafigini chizishni dasturlardan foydalanib o‘rgatish”. “FIZIKA, MATEMATIKAVA SUNʼIY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING DOLZARB MUAMMOLARI” XALQARO ILMIY NAZARIY ANJUMAN materiallari (may 16-17, 2025). 173-175 bet












