ZOʻRAVONLIKKA UCHRAGAN AYOLLARNI IJTIMOIY-HUQUQIY HIMOYALASHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
Keywords:
xotin-qizlar huquqlari, gender tenglik, himoya orderi, maishiy zo‘ravonlik, reabilitatsiya, xalqaro standartlar, ijtimoiy himoya, huquqiy kafolat, ayollar daftari.Abstract
Mazkur maqolada jamiyatning dolzarb muammolaridan biri bo‘lgan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni ijtimoiy-huquqiiy himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida O‘zbekiston Respublikasining so‘nggi yillardagi qonunchilik bazasi, xususan, Prezident farmonlari va qarorlari asosida yaratilgan yangi tizim — "himoya orderi", reabilitatsiya markazlari va xotin-qizlar faollari instituti faoliyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash borasidagi xalqaro tajriba (Turkiya, Gruziya va Skandinaviya davlatlari) o‘rganilib, milliy qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Zo‘ravonlik qurbonlariga ko‘rsatilayotgan psixologik, yuridik va ijtimoiy yordamning samaradorligi statistik ma’lumotlar yordamida asoslangan. Maqolaning maqsadi — xotin-qizlar xavfsizligini ta’minlashda davlat va jamiyat institutlarining hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish choralarini belgilashdan iborat.
Downloads
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonuni, 02.09.2019. LEX.UZ - O‘zbekiston qonunchiligi
3. O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonuni, 02.09.2019. LEX.UZ - Ўзбекистон қонунчилиги
4. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: "O‘zbekiston", 2021.
5. Abdullayeva M. Gender tenglik nazariyasi va amaliyoti. – T.: Akademnashr, 2022.
6. Xalqaro konvensiyalar (CEDAW): Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida. UN Human Rights Office
7. Sultonova L. Ayollarni ijtimoiy himoya qilishning huquqiy mexanizmlari: Xorij tajribasi. Ilmiy to‘plam, 2023.
8. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlari. Национальное агентство социальной защиты при Президенте...
9. Yunusov A. Kriminologiya: Oila va maishiy zo‘ravonlik muammolari. – T.: TDYU, 2022.
10. Global Gender Gap Report 2023. Global Gender Gap Report 2023 | World Economic Forum












