MOVAROUNNAHRDA ISLOM MADANIYATINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
Keywords:
Movarounnahr, islom madaniyati, sivilizatsiya, arab xalifaligi, ilm-fan, tasavvuf, qadriyat, uyg‘unlik, ma’naviyat, tarixiy taraqqiyot.Abstract
Ushbu maqolada Movarounnahr hududida islom madaniyatining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va uning jamiyat taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda islom dini kirib kelgan dastlabki davrlar, arab xalifaligi davrida yuz bergan madaniy o‘zgarishlar, shuningdek, IX–XII asrlarda Movarounnahrda yuzaga kelgan ilm-fan, adabiyot, falsafa va san’at sohalaridagi yuksalishlar tarixiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, maqolada islomiy qadriyatlarning mahalliy an’analar bilan uyg‘unlashuvi jarayoni, bu uyg‘unlikning mintaqaviy sivilizatsiya taraqqiyotiga ta’siri ham chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda islom madaniyatining Movarounnahr sharoitida o‘ziga xos shakllanish jarayoni kompleks tarzda — diniy, falsafiy va ijtimoiy jihatlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilgan.












