Vol. 3 No. 2 (2025): Educational Yield Insights & Breakthroughs (EYIB)
Articles

VOYAGA YETGAN MEHNATGA LAYOQATLI BOLALARNING YORDAMGA MUHTOJ OTA-ONASIGA MODDIY YORDAM BERISH MAJBURIYATINI BELGILASHDA OTA-ONANING MODDIY TA’MINLANGANLIK HOLATINI ANIQLASH MASALALARI

M.S.Usmonova
Farg‘ona davlat universiteti dotsenti, y.f.f.d. (PhD)

Published 2025-03-31

Keywords

  • voyaga yetgan bola, mehnatga layoqatlilik, ota-ona, yordamga muhtojlik, moddiy yordam, ta’minot majburiyati, ota-onaning moddiy ahvoli, daromad, pensiya ta’minoti, yoshga doir pensiya, proaktiv xizmat, oilaviy-huquqiy majburiyat.

Abstract

Mazkur maqolada voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarning yordamga muhtoj ota-onasiga moddiy yordam berish majburiyatining yuzaga kelish asoslari, xususan, ota-onaning yordamga muhtojligini aniqlash bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalar tahlil qilingan. Ota-onaning yordamga muhtojligini baholashda uning amaldagi daromadlari bilan cheklanib qolmasdan, pensiya, nafaqa va boshqa kafolatlangan ijtimoiy to‘lovlarni olish huquqi hamda ulardan amalda foydalanayotganligi holatini hisobga olish zarurligi asoslantirilgan. Pensiya yoshiga yetgan shaxsning tegishli pensiyani tayinlash to‘g‘risida o‘z vaqtida murojaat qilmasligi uning real moddiy imkoniyatlarini baholashga hamda voyaga yetgan boladan undiriladigan moddiy ta’minot miqdorini belgilashga ta’sir qilishi mumkinligi ochib berilgan. Shu munosabat bilan yoshga doir pensiyani fuqaroning alohida murojaatisiz proaktiv shaklda tayinlash mexanizmining oilaviy-huquqiy munosabatlar uchun ahamiyati tadqiq etilgan. Tadqiqot natijasida pensiya ta’minoti sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish orqali yordamga muhtoj ota-onaning real moddiy holatini obyektiv aniqlash hamda voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalar zimmasiga yuklatiladigan moddiy yordam majburiyatining adolatli chegaralarini belgilashga qaratilgan ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

References

  1. 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
  2. 2. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. 1998-yil 30-aprel, 607-I-son.
  3. 3. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni. 1993-yil 3-sentabr.
  4. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-son “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
  5. 5. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 2022-yil 28-oktabr.
  6. 6. Rahmonqulov H.R. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismiga umumiy tavsif va sharhlar. – Toshkent: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 1997.
  7. 7. Mamasiddiqov M.M. Oila huquqi. – Toshkent: Adolat.
  8. 8. Tursunov Y. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta’minot huquqi. – Toshkent, 2012.
  9. 9. Пчелинцева Л.М. Семейное право России: учебник. – Москва: Норма.
  10. 10. Нечаева А.М. Семейное право: учебник. – Москва: Юрайт.
  11. 11. Антокольская М.В. Семейное право: учебник. – Москва: Норма.
  12. 12. Косова О.Ю. Право на содержание: семейно-правовой аспект. – Иркутск: Издательство БГУЭП.
  13. 13. Parkinson P. Family Law and the Indissolubility of Parenthood. – Cambridge: Cambridge University Press, 2011.
  14. 14. Xushboqov Sh. Pensiya tayinlashda ish stajining ahamiyati va uning huquqiy asoslari // Modern Science and Research. – 2025. – Vol. 4. – No. 6. – B. 309–313.
  15. Elektron manbalar
  16. 15. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – LexUZ.
  17. 16. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rasmiy portali.
  18. 17. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali – pensiya ta’minoti va yoshga doir pensiya tayinlashga oid rasmiy ma’lumotlar.