DAVLAT TILIDA ISH YURITISH JARAYONIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI VA KOMMUNIKATIV-PRAGMATIK IMKONIYATLARI
Published 2026-06-08
Keywords
- davlat tili, ish yuritish, frazeologik birlik, frazeologizm, kommunikativ kompetensiya, pragmatika, kommunikativ-pragmatik imkoniyat, rasmiy uslub, hujjat tili, nutq madaniyati, kasbiy muloqot, lingvomadaniyat.
Abstract
Mazkur maqolada davlat tilida ish yuritish jarayonida frazeologik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari, ularning hujjat matnidagi kommunikativ vazifalari hamda pragmatik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda frazeologik birliklar nafaqat tilning obrazli va ekspressiv qatlamiga mansub birliklar, balki muayyan kommunikativ vaziyatda axborotni ixcham, ta’sirchan va milliy-madaniy mazmun bilan ifodalash imkonini beruvchi vosita sifatida talqin qilinadi. Davlat tilida ish yuritishning asosiy talabi hujjat mazmunining aniqligi, mantiqiyligi, standartligi va me’yoriyligi bo‘lsa-da, ayrim turdagi rasmiy-kommunikativ matnlarda frazeologik birliklardan me’yoriy va maqsadga muvofiq foydalanish nutqning ta’sirchanligini kuchaytirishi mumkin. Shu jihatdan maqolada frazeologik birliklarning rasmiy hujjatlar, xizmat yozishmalari, boshqaruv kommunikatsiyasi, tavsifnoma, murojaat, bayonnoma va boshqa ish yuritish janrlaridagi funksional xususiyatlari yoritiladi. Tadqiqotning nazariy asosi davlat tilida ish yuritish kompetentligini kommunikativ kompetensiya bilan bog‘liq holda rivojlantirish zarurati bilan belgilanadi. Asosnomada qayd etilganidek, zamonaviy rahbar va mutaxassisning kasbiy faoliyatida davlat tilida samarali muloqot yuritishi, sohaviy-normativ hujjatlar bilan ishlashi va axborotni to‘g‘ri rasmiylashtirishi muhim kompetensiyalardan hisoblanadi. Mazkur yondashuv frazeologik birliklarning kommunikativ-pragmatik tabiatini ish yuritish jarayoni bilan bog‘liq holda o‘rganish imkonini beradi.
References
- 1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni.
- 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
- 3. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuni.
- 4. O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
- 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4797-son “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni.
- 6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 984-son “Davlat tilini rivojlantirish departamenti to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
- 7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi VM-25-son “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
- 8. Aminov M., Madaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Odilov Yo., Azimov I. Davlat tilida ish yuritish. – Toshkent.
- 9. Azimov I. Davlat tilida ish yuritish va kasbiy kommunikatsiya masalalariga oid tadqiqotlar.
- 10. Jo‘rayev R.X. Организационно-педагогические основы интенсификации системы профессиональной подготовки в учебных заведениях профессионального образования: автореф. дис. … д-ра пед. наук. – Toshkent, 1995. – 43 b.
- 11. Qurbonov Sh.E., Seytxalilov E.A. Управление качеством образования. – T.: Sharq, 2004. – 552 b.
- 12. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti: pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi. – Toshkent, 2007. – 305 b.
- 13. Yo‘ldoshev J.G‘. Ta’lim yangilanish yo‘lida. – T.: O‘qituvchi, 2000. – 207 b.
- 14. Inoyatov U.I. Теоретические и организационно-методические основы управления контроля качества образования в профессиональном колледже: дисс. … д-ра пед. наук. – Toshkent, 2003. – 327 b.
- 15. Ismadiyarov Ya.O‘. Oliy pedagogik ta’lim tizimida innovatsion menejmentni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish: pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2018. – 32 b.
- 16. Magrupov A.M. Oliy ta’lim tizimida strategik va funksional menejmentni integratsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish: pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2017. – 31 b.
- 17. Turg‘unov S.T. Теоретические основы управленческой деятельности директора средних общеобразовательных учреждений: автореф. дис. … д-ра пед. наук. – Toshkent, 2007. – 43 b.
- 18. Yuldashev M.A. Xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirishda ta’lim sifati menejmentini takomillashtirish: pedagogika fanlari doktori dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2016. – 93 b.
- 19. Mirsolieva M.T. Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish: pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2019. – 68 b.
- 20. Ernazarov Z.N. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ierarxik boshqarish: pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Qarshi, 2022. – 50 b.