Axborot Texnologiyalarining Tijorat Banklarining Kapitalizatsiyasini Oshirishdagi Roli
Abstract
Ushbu maqola O‘zbekiston tijorat banklarining kapitalizatsiyasi va rentabelligi o‘rtasidagi munosabatni keng miqyosdagi iqtisodiy tahlil yordamida o‘rganadi. Banklarning kapitalizatsiyasini oshirish yo‘llari va asosiy yo‘nalishlarini tahlil qiladi. Tahlil kapitalizatsiya va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi turli ko‘rsatkichlardan foydalanadi. Dinamik panel ma’lumotlari va GMM usulidan foydalanib, banklar rentabelligining kapitallashuvga ta’siri aniqlangan. Maqolada axborot texnologiyalarining bank sohasidagi roli va sun’iy intellektni joriy etishning bank daromadlariga ta’siri ham muhokama qilingan. Tahlil asosida banklarning kapitalizatsiyasini oshirish va daromad manbalarini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy tavsiyalar keltirilgan.