O‘ZBEKISTONDA GENDER SIYOSATI VA XOTIN-QIZLAR FAOLLIGINING ZAMONAVIY RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Authors

  • O’rinboyev Davlatjon Baxtiyorovich falsafa fanlari bo’yicha falsafa dokotori (PhD) Author
  • Solijonova Maftunaxon Xayrulla qizi Qo’qon davlat universiteti magistranti Author

Keywords:

Ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, xotin-qizlar faolligi, gender tenglik, ayollar huquqlari, ijtimoiy himoya, ma’naviy taraqqiyot, ta’lim va bandlik, ayollar liderligi, davlat siyosati, jamiyat rivoji.

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-ma’naviy islohotlarning mazmuni, yo‘nalishlari hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Ayniqsa, ushbu islohotlar jarayonida xotin-qizlarning faolligi, ularning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy hayotdagi roli keng yoritiladi. So‘nggi yillarda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash hamda ta’lim va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar misolida islohotlarning amaliy natijalari ochib beriladi. Shuningdek, maqolada gender tenglikni ta’minlash, oilada va jamiyatda ayollarning mavqeini oshirishga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligi va tashabbuskorligi ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyotning muhim omillaridan biri hisoblanadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab- quvvatlatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoni.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotinqizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoni

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqidan

5. A. Fitrat “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” «Cho`lpon» nashriyoti 2019 y. 144 bet.

6. “O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi” 30.04.1998. https://lex.uz/docs/-104720

7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash,ular o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 919-son qarori,20.11.2019. https://lex.uz/ru/docs/-4601876?ONDATE=19.06.2020

Downloads

Published

2026-02-28