2016-2024-YILLARDA O'ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLAR KONTEKSTIDA XOTIN-QIZLAR MASALASI.
Keywords:
2016–2024-yillar, ijtimoiy islohotlar, xotin-qizlar siyosati, gender tenglik, ayollar huquqlari, ijtimoiy himoya, ayollar bandligi, tadbirkorlik, siyosiy faollik, davlat dasturlari, institutsional islohotlar, jamiyat rivojiAbstract
Mazkur maqolada 2016–2024-yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar kontekstida xotin-qizlar masalasi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Xususan, ushbu davrda ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish hamda iqtisodiy mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yoritib beriladi. Maqolada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar, institutsional islohotlar va amaliy dasturlar tahlil qilinib, ularning jamiyat rivojiga ta’siri ochib beriladi. Shuningdek, ayollarning ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va boshqaruv sohalaridagi ishtiroki dinamikasi hamda erishilgan natijalar ilmiy asosda baholanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mazkur davrda xotin-qizlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan bo‘lib, bu esa jamiyatda ijtimoiy adolat, barqarorlik va ma’naviy taraqqiyotning muhim omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Downloads
References
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqidan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 26-fevral kuni “xotinqizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari” muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi.
3. “O‘zbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlarning rolini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni 1995-yil 2-mart.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yil 26-fevral kuni “xotinqizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari” muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi.
5. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 58-modda. https://lex.uz/docs/-6445145
6. “Xotin-qizlarni va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonun https://lex.uz/mact/-4494849
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2018-yil 27-iyundagi PQ-3808-sonli “O‘zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori












