Vol. 3 No. 3 (2026): Educational Yield Insights & Breakthroughs (EYIB)
Articles

ENDEMIK BUQOQ KASALLIGINING EPIDEMIOLOGIYASI VA PROFILAKTIKA CHORALAR

G‘uzorova Ozoda Uchqun qizi Azamatova Dilnoza O‘ktam qizi
Toshkent davlat tibbiyot universiteti, Davolash ishi, talabalari
Jalolov Nozimjon Nodir o‘g‘li
Toshkent davlat tibbiyot universiteti, kafedra assistenti

Published 2026-03-28

Keywords

  • Endemik buqoq, yod tanqisligi, qalqonsimon bez, gipotireoz, ijtimoiy-gigiyenik omillar, profilaktika, yodlangan tuz.

Abstract

Ushbu maqolada bugungi kunda global endokrinologik muammo hisoblangan endemik buqoq kasalligining tarqalish xususiyatlari va uning rivojlanishiga ta'sir etuvchi ijtimoiy-gigiyenik omillar tizimli tahlil qilingan. Tadqiqot davomida yod tanqisligi mintaqalarida aholining turmush tarzi, ovqatlanish ratsioni, zararli odatlari va ekologik muhitning qalqonsimon bez funksional holatiga ta'siri o‘rganildi. Maqolada keltirilgan ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, endemik buqoq nafaqat geografik yod tanqisligi, balki zamonaviy urbanizatsiya va noto‘g‘ri ozuqa gigiyenasi mahsulidir. Mualliflar tomonidan kasallikning kardiologik asoratlarini (ateroskleroz, metabolik sindrom) oldini olishda ommaviy va guruhli profilaktika choralarining samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Xulosa qismida aholi o‘rtasida yodlangan tuzdan to‘g‘ri foydalanish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

References

  1. 1. World Health Organization.Global reports on Iodine Deficiency, 2024.
  2. 2. American Heart Association.Heart Disease and Stroke Statistics, 2024.
  3. 3. Guyton AC, Hall JE Textbook of Medical Physiology, 2021.
  4. 4. Oganov RGYurak-qon tomir kasalliklari profilaktikasi, 2019.
  5. 5. Kuchma VRGigiyena asoslari, 2018.
  6. 6. O‘zbekiston Respublikasi SSV.Klinik tavsiyalar, 2021.