ABDULLA ORIPOV SHE’RLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI AN’ANALARI TALQINI

Authors

  • BATIROVA NAZOKAT BAXTIYOROVNA Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, assistenti Author

Keywords:

Abdulla Oripov ijodi, she’riyat, folklor, maqol va matallar, ramzlar, badiiy uslub, xalq ruhiyati, adabiy tahlil.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov she’riyatida folklor unsurlarining poetik vazifasi va estetik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shoir ijodida xalq og‘zaki ijodi namunalarining – maqol, matal, ramz, obraz va an’anaviy tasvir vositalarining qo‘llanishi uning badiiy tafakkuri, falsafiy qarashlari hamda milliy o‘zlikni ifodalashdagi yondashuvi bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi. Tadqiqotda folklor unsurlarining shoir individual uslubi bilan uyg‘unlashuvi, ularning zamonaviy ijtimoiy-axloqiy mazmun bilan boyitilishi hamda lirik qahramon ruhiyati ifodasidagi o‘rni ochib beriladi. Tahlil natijalari Abdulla Oripov she’riyati xalq ruhiyati va adabiy tafakkur sintezining yorqin namunasi ekanini ko‘rsatadi.

Downloads

Download data is not yet available.

References

1. Abdulla Oripov. Yillar armoni.T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1987.- 80 bet.

2. Abdulla Oripov, Yillar armoni.T.: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. 1989. - 445 bet.

3. Abdulla Oripov. Ishonch ko‘priklari.T: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.1989-72 bet.

4. Ilxom G‘aniyev, Nodira Afoqova. Abdulla Orif falsafasi. “Muharrir” nashriyoti. Toshkent-2021.

Downloads

Published

2026-03-02