OCHIQ AXBOROT MUHITIDA AXBOROT TO‘QNASHUVI VA PSIXOLOGIK XAVFSIZLIK: TAHDIDLAR, MEXANIZMLAR VA HUQUQIY-AXBORIY YONDASHUV
Keywords:
axborot to‘qnashuvi; ochiq axborot tizimlari; psixologik xavfsizlik; dezinformatsiya; manipulyatsiya; kognitiv ta’sir; media savodxonlik; bot tarmoqlar; kiberbulling; algoritmik shaffoflik.Abstract
Maqolada axborot to‘qnashuvi tushunchasi va uning ochiq axborot tizimlarida (ijtimoiy tarmoqlar, messenjyerlar, ochiq platformalar) shaxs hamda jamiyat psixologik xavfsizligiga ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda axborot to‘qnashuvining asosiy ko‘rinishlari — dezinformatsiya, manipulyatsiya, kognitiv ta’sir, “echo chamber”, axborot bosimi (information overload), bot-tarmoqlar va koordinatsiyalashgan kampaniyalar — tizimlashtiriladi. Psixologik xavfsizlikning mazmuni axborot ta’siriga chidamlilik, ruhiy barqarorlik, qaror qabul қилишda kognitiv mustaqillik, shaxsiy chegaralar va media savodxonlik komponentlari orqali ochib beriladi. Ochiq tizimlarda risklar sifatida stigmatizatsiya, radikallashuv, qo‘rquv va vahima tarqatish, reputatsion zarar, kiberbulling va ijtimoiy ishonchning yemirilishi tahlil qilinadi. Yakunda axboriy-gigiyena, faktcheking, platforma moderatsiyasi, algoritmik shaffoflik, kiberxavfsizlik va huquqiy javobgarlik mexanizmlarining uyg‘un qo‘llanishi bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.












