BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARDA MUSIQIY TA’LIM METODIKASININING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
boshlang‘ich sinf, musiqiy ta’lim, musiqiy ta’lim metodikasi, estetik tarbiya, musiqiy idrok, musiqiy qobiliyat, ijodiy faoliyat, ritm hissi, qo‘shiq kuylash, pedagogik texnologiyalar.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida musiqiy ta’limni tashkil etishning nazariy-metodik asoslari va uning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida musiqiy ta’limning bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishda tutgan o‘rni, ayniqsa, estetik did, musiqiy tafakkur, hissiy-emotsional idrok hamda ijodiy qobiliyatlarni shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada musiqiy ta’lim metodikasining psixofiziologik, pedagogik va didaktik xususiyatlari, o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim usullari, faol va interaktiv metodlarning samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, musiqiy eshitish, qo‘shiq kuylash, ritm hissini rivojlantirish, musiqiy harakatlar va o‘yin texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich sinflarda musiqiy ta’limni takomillashtirish, uning mazmuni va shakllarini innovatsion yondashuvlar asosida boyitish, shu orqali o‘quvchilarda barqaror musiqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Downloads
References
Adizov B.R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped. fan. nom. diss. – T.: Buxoro davlat universiteti, 2002. –276 b.
Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlash- tirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Ped. fan. dokt. ... diss. – T.: 2007. – 305 b.
Muslimov N.A. Pedagogik faoliyatga tizimli yondashuv muammolari // Kasb-hunar ta’limi, 2004. - № 3. – B.24.
Siddiqova S. Ta‘lim jarayonida elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. Buxoro. 2023, № 12, 280–286 b.
Urinov U. A., Sodikov H.T. Factors for Increasing the Social Intelligence of Future Specialists in Higher Education // European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices. Volume1. Issue8. 2023. 34-37 p.
Nazarqulova G‘. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish // Global ta’lim va milliy metodika taraqqiyoti: Resp. ilmiy-amaliy anjumani material. – T., 2019. – 308 b.
Qodirov R.G‘. Boshlang‘ich sinflarda ko‘p ovozli kuylash malakalarini shakllantirish. –T., 1997.












