O‘zbekistonda so‘z va fikrlash erkinligi huquqini ta’minlashning davlat siyosati: konstitutsiyaviy va institutsional asoslar

Authors

  • Komron Karimov Farg'ona davlat universiteti Tarix fakulteti Yurispridensiya yo'nalishi 24-75 guruh talabasi Author

Keywords:

so‘z erkinligi, fikrlash erkinligi, inson huquqlari, O‘zbekiston Konstitutsiyasi, axborot erkinligi, ommaviy axborot vositalari, huquqiy islohotlar, demokratik jamiyat, fuqarolik jamiyati, xalqaro-huquqiy standartlar.

Abstract

Ushbu ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasida so‘z va fikrlash erkinligi huquqini ta’minlashning davlat siyosati va huquqiy mexanizmlarini kompleks tahli qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – so‘z va fikrlash erkinligini ta’minlashning konstitutsiyaviy, qonuniy va institutsional asoslarini o‘rganish, amalda mavjud bo‘lgan yutuqlar va duch kelinayotgan muammolarni aniqlash, xalqaro tajriba asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotda tarixiy-qiyosiy, tizimli tahlil va huquqiy norma tahlili kabi ilmiy usullar qo‘llangan. Maqolada, birinchi navbatda, ushbu huquqning xalqaro-huquqiy asoslari, jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlardagi o‘rni yoritilgan. O‘zbekiston konstitutsiyaviy rivojlanishining turli bosqichlarida, ayniqsa, 2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada so‘z va fikrlash erkinligi qanday ifodalanganligi tahli qilinadi. Mustaqillikdan keyingi davrda qabul qilingan “Axborot erkinligi to‘g‘risida”, “Matbuot va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlar, “Davlat va jamiyat hayotining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularning amalda qo‘llanilishi hamda sud-huquq tizimining roli o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda ushbu sohada sezilarli huquqiy islohotlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, erkinlikning amaliy tatbiqi va qo‘llanishida ma’lum qiyinchiliklar mavjud. Jumladan, raqamli fazodagi erkinlik, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi, huquqni muhofaza qilish organlarining amaliyoti va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyati masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Maqolada davlatning ushbu sohadagi siyosatini yanada samaraliroq amalga oshirish, xalqaro standartlarga to‘liq moslashtirish, jamiyatning barcha qatlamlarida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Erkinlikning mutlaq emas, balki ma’suliyat bilan birga kelishi, huquq va burch muvozanatini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati, ushbu muhim huquqni himoya qilish va rivojlantirish bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ilmiy hamjamiyat uchun amaliy tavsiyalar tayyorlashdan iborat.

Downloads

Download data is not yet available.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Yangi tahrir). – Toshkent, 2023.

O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent.

O‘zbekiston Respublikasining “Matbuot va ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat va jamiyat hayotining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948). Birlashgan Millatlar Tashkiloti.

Ozod Tillaboyevich Xusanov. “Konstitutsiya va inson huquqlari”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasi dasturi. – Toshkent.

Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (2025-2030). O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasining YuNESKO bilan hamkorligi. O‘zbekiston Milliy kutubxonasi.

Downloads

Published

2025-12-10