Raqamli transformatsiya sharoitida professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashda KPI tizimini joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish

Authors

  • Davronbek Abdullaev GulDU tadkikotchisi Author

Keywords:

KPI tizimi, raqamli transformatsiya, professor-o‘qituvchilar faoliyati, oliy ta’lim, baholash mexanizmlari, natijadorlik ko‘rsatkichlari, ta’lim sifati, raqamli monitoring.

Abstract

Ushbu ilmiy maqolada raqamli transformatsiya davrida oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash jarayoniga Key Performance Indicator (KPI) tizimini samarali joriy etish va uning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim tizimida professor-o‘qituvchilar faoliyati nafaqat an’anaviy ko‘rsatkichlar – dars o‘tilgan soatlar, ilmiy maqolalar soni yoki o‘quv-uslubiy ishlanmalar bilan, balki raqamli texnologiyalar orqali kuzatiladigan yangi turdagi natijadorlik mezonlari bilan ham o‘lchanmoqda. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar mehnatini baholashda an’anaviy va innovatsion indikatorlarni uyg‘unlashtirgan holda, ochiq, shaffof va rag‘batlantiruvchi KPI modelini ishlab chiqishdan iborat. Metodologik yondashuv sifatida sifatli va miqdoriy tahlil usullari birlashtirildi: oliy ta’limdagi 12 ta universitet misolida KPI ko‘rsatkichlari tahlil qilindi, professor-o‘qituvchilar va fakultet dekanlari bilan yarim tuzilmaviy intervyular o‘tkazildi, hamda normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, KPI tizimining samarali ishlashi uchun indikatorlarning muvozanatli tarkibi, raqamli monitoring tizimlari bilan integratsiya, hamkorlik asosida indikatorlarni ishlab chiqish va doimiy kasbiy rivojlanish dasturlarini joriy etish muhimdir. Maqolada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning raqamli kompetensiyalarini oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Downloads

Download data is not yet available.

Downloads

Published

2025-06-30