Jinoyatda ishtirokchilik shakillari va turlarining kvalifikatsiyasidagi o'rni va ahamiyati

Authors

  • Azimjon O‘ralov O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 327 guruh kursanti Author

Keywords:

Jinoyatda ishtirokchilik, jinoyat huquqi, kvalifikatsiya, bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchi, jinoyat kodeksi, sud amaliyoti.

Abstract

Ushbu maqolada jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi, uning shakllari va turlari, shuningdek, ularning jinoyat-huquqiy kvalifikatsiyadagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan va o’rganib chiqilgan. Amaliyotda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 27 va 28-moddalari asosida jinoyat ishtirokchilarining harakatlari, ularning jinoyat sodir etilishidagi o‘zaro aloqalari va javobgarlik darajasi yoritilgan. Jinoyatda ishtirokchilikning bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchi kabi turlarining ajratilishi jinoyatning to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishi va adolatli jazo belgilanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan

Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar, sud-tergov faoliyatida ishtirokchilikni noto‘g‘ri baholash hollari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bayon qilingan. Maqolada jinoyatchilikning yangi shakllari, xususan, guruh bo‘lib yoki uyushgan holda jinoyat sodir etish holatlariga nisbatan ishtirokchilik institutini qo‘llashning dolzarbligi ham alohida e’tiborga olingan. Tadqiqot natijalari jinoyat-huquqiy siyosatni takomillashtirish va sud-huquq amaliyotida yanada aniq yondashuvni ta’minlashga xizmat qiladi

Downloads

Download data is not yet available.

References

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi.

Jinoyat kodeksiga sharh. Mas’ul muharrir: S.S. Saidov. – Toshkent: Adliya vazirligi nashriyoti.

Daminov Sh.S. Jinoyatda sheriklik va uning turlari // "Yuridik fanlar axborotnomasi".

Normurodov A.T. Jinoyat huquqi: Umumiy qism. – Toshkent: TDYuU nashriyoti.

Downloads

Published

2025-06-01